STIR 309782477 AGRIS UZ1 ReFocusJournal@gmail.com

Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi Xalqaro standartlarga asoslangan ilmiy nashriyot

Bosh sahifa / Akademiya haqida

Akademiya haqida

Ilmiy nashr infratuzilmasini O‘zbekistonda xalqaro darajaga olib chiqish.

“Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi” MChJ — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy nashriyot tashkiloti (yuridik shaxs ro‘yxat raqami №1171253, 09.08.2022). Biz ilmiy jurnallar nashr etamiz, konferensiyalar o‘tkazamiz va tadqiqotchilarga nashr jarayonining barcha bosqichlarida ko‘maklashamiz.

Nashriyotning asosiy nashri — “Research Focus” xalqaro ilmiy jurnali: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositasi (guvohnoma №1701, 16.08.2022).

Vazifamiz

O‘zbekistonlik tadqiqotchilarning ilmiy natijalarini xalqaro metama’lumot tizimlarida ko‘rinadigan, iqtibos olinadigan va uzoq muddat saqlanadigan shaklda taqdim etish.

Tamoyillarimiz

  • Shaffoflik. Nashr shartlari, to‘lovlar va tahririyat tarkibi ochiq e’lon qilinadi.
  • Ochiq kirish. Nashrlarimiz to‘lovsiz o‘qiladi va CC BY litsenziyasi ostida tarqatiladi.
  • Doimiy identifikatorlar. Har bir maqola DOI oladi, metama’lumotlar Crossref’ga uzatiladi.
  • Ilmiy etika. COPE tavsiyalariga amal qilamiz, plagiat tekshiruvi majburiy.

Xalqaro ishtirok

Akademiya FAO AGRIS xalqaro qishloq xo‘jaligi ma’lumotlar tizimida ma’lumot provayderi (Data Provider) maqomiga ega — bu maqomni O‘zbekistondan olgan birinchi nashriyot.