Research Focus — xalqaro ilmiy jurnal
Ko‘p tarmoqli ochiq kirish jurnali. Har bir maqola DOI oladi va xalqaro bazalarga uzatiladi.
«Research Focus» — O‘zbekistonda nashr etiladigan ko‘p tarmoqli xalqaro ilmiy jurnal. Jurnal ochiq kirish (Open Access) modelida ishlaydi: barcha maqolalar to‘lovsiz o‘qish va yuklab olish uchun ochiq.
Nashr tartibi
Qo‘lyozmalar ikki bosqichli ko‘r-ko‘rona taqrizdan (double-blind peer review) o‘tadi. Qabul qilingan maqolaga DOI beriladi, metama’lumotlar Crossref va FAO AGRIS tizimlariga uzatiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan: guvohnoma №1701, 16.08.2022. Noshir — “Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi” MChJ.
Mavzu yo‘nalishlari
Texnika fanlari, energetika, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, pedagogika, filologiya va boshqa yo‘nalishlar.