Akademiya FAO AGRIS ma’lumot provayderi maqomini oldi
Nashrlarimiz metama’lumotlari endi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining xalqaro AGRIS tizimida ko‘rinadi.
12 avgust 2026
Akademiya FAO AGRIS xalqaro tizimida ma’lumot provayderi (Data Provider) sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu O‘zbekiston nashriyotlari orasida birinchi holat.
Endi jurnal maqolalarining metama’lumotlari OAI-PMH protokoli orqali muntazam uzatiladi va dunyo bo‘ylab tadqiqotchilarga ochiq bo‘ladi.